O‘zbekiston | 12:45 / 24.10.2017
16600
2 daqiqa o‘qiladi

Yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarini bosqichma-bosqich qurish dasturi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq, yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarini bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, YHX davlat xizmatining yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari 2018-2022 yillarda bosqichma-bosqich qurilishi, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish tadbirlari belgilandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari - buyurtmachi etib, bosh loyihalashtirish va pudratchi tashkilotlar - belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov savdolari natijalari bo‘yicha belgilanishi ma'lum bo‘ldi.

Qarorga ilova qilingan ro‘yxatda 2018 yil yanvar-fevral oyiga qadar Namangan viloyatida Angor post statsionar qismini rekonstruksiya qilish, Toshkent viloyatida esa Beskostin posti statsionarini qurish rejalashtirilgan. 

Shuningdek, «​O‘zbektelekom»​ aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi IIV buyurtmanomalariga binoan ma'lumotlar uzatish xizmatlarini ko‘rsatadi hamda zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarini barpo etishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid