Eminem Yangi Zelandiya Milliy partiyasi ustidan g‘alaba qildi
Amerikalik reper Eminem Yangi Zelandiyaning hukmron Milliy partiyasiga qarshi sudda g‘olib chiqdi. Gap shundaki, Milliy partiya o‘z siyosiy reklamasida Eminemning «Lose Yourself» trekidan foydalangan. Endi partiya reperga 600 ming Yangi Zelandiya dollari (412 ming AQSh dollari) to‘lashi kerak bo‘ladi.
Sud 2014 yilda parlament saylovlari vaqtida jaranglagan musiqa Eminemning trekidan birozgina farq qilishini tasdiqlagan. Buning uchun zarbli asboblar, akkordlar va skripka partiyalari taqqoslandi.
Milliy partiya advokatlari rolikda foydalanilgan musiqa katalogda Eminem-esque deb atalganini ma'lum qilishgan.
Eminem va Milliy partiya o‘rtasidagi bahslar 2017 yilning mayida boshlangan.
Mavzuga oid
00:15 / 23.11.2024
Yangi Zelandiyada ko‘kyo‘tal epidemiyasi e’lon qilindi
17:48 / 22.11.2024
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi
11:25 / 21.11.2024
2024 yilda 30 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlandi
16:53 / 20.11.2024