O‘zbekiston | 16:50 / 26.10.2017
64057
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: O‘zbekiston va Turkiya birinchi xonimlari uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Turkiyaga davlat tashrifi davomida  hamrohlik qilayotgan rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva 25 oktabr kuni Anqaradagi Prezident saroyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning rafiqasi Emine Erdo‘g‘an bilan uchrashdi.

Erdo‘g‘an xonim ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida O‘zbekiston birinchi xonimi bilan uchrashuvidan suratlarni joylashtirgan.

«Turkiyaga tashrif buyurgan O‘zbekiston Prezidenti janob Mirziyoyevning rafiqasi qadrli Ziroat Mirziyoyevani Prezident saroyida kutib olishdan sharaf tuydim», deya yozgan u Twitter’dagi sahifasida.

Foto: Anadolu

Foto: Anadolu

 

Mavzuga oid