Jahon | 12:00 / 26.10.2017
15790
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning eng qudratli 7 siyosatchisi ma'lum. Keyingi rahbar ular orasidami?

Foto: The Morung Express

Xitoy kommunistlari yetakchisi Si Jinping kelgusi davrda kimlar bilan ishlashini ma'lum qildi. Mamlakatda hukmron Kommunistik partiyaning eng qudratli va vakolatli organiga Politbyuro tarkibiga yetti nafar nomzod saylangani, ularning kim ekanligi barchaga ma'lum. Ulardan besh nafari yangi yuzlar bo‘lib, amaldagi rahbarning 2022 yili kotiblik muddati tugagach, eng yosh Politbyuro a'zosi 65 yoshda bo‘lishi aytilmoqda.

Xitoyshunos tahlilchi Jeymes MakGregorning aytishicha, ular Birinchi kotibning raqiblari emas, balki maslahatchisi sifatida ish olib borishi kutilmoqda. Uning taxminicha, Jinping ham Den Syaopin kabi vakolati tugagandan keyin ham, mamlakat boshqaruviga bilvosita ta'sir qilib turadi.

Jinping ilk bor Politbyuro tarkibiga qo‘shilganda 54 yoshda edi, 2007 yilning o‘zida yana bir boshqa nomzod, Chen Min esa 57 yoshda bo‘lib, u Kommunistik partiya 25taligiga saylanish bilan kifoyalangandi.

Ayni paytda Oliy organ tarkibida ayol kishi ko‘rinmayapti, shuningdek, o‘rinbosar Li Ketsyandan boshqa barcha a'zolar «almashtirilgan». 60 yoshli Politbyuroning eng yosh a'zosi Chjao Lei partiyaning poraxo‘rlikka qarshi kurashish kampaniyasiga boshchilik qiladi, shuning bilan u Xitoy ichki siyosatida eng nufuzli kishilardan biriga aylanmoqda.

Kuzatuvchilar mazkur tarkib bilan 2022 yilda Xitoy boshqaruvini kim o‘z zimmasiga olishini aniq ayta olmadi.

Mavzuga oid