O‘zbekiston | 12:50 / 26.10.2017
7028
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik qiladi

Foto: Anadolu

Turkiya va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Ahmet Demirjan va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abdulaziz Komilov tomonidan imzolangan kelishuv sog‘liqni saqlash hamda sayyohlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Xabarda qayd etilishicha, hujjat ikki mamlakat o‘rtasida yuqimli bo‘lmagan kasalliklar bilan kurash, tez yordam va tabiiy ofatlarga qarshi kurash, gematologiya hamda ichki a'zolar transplantatsiyasi, farmatsevtika va tibbiyot uskunalari, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va mustahkamlash, sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish, tibbiy xizmatning umumiy haftaliklarini tashkil etish, sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sektor hamkorligi modeli bo‘yicha tajriba almashishni nazarda tutadi.

Kelishuv imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kirdi va besh yilga mo‘ljallangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid