WikiLeaks Kennedining o‘ldirilishi haqidagi maxfiy ma'lumotlarga mukofot puli e'lon qildi
WikiLeaks tashkiloti AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishi ishi bo‘yicha oshkor qilingan hujjatlarning maxfiy qismi uchun mukofot puli e'lon qildi. Tashkilotning tvitterdagi xabarida aytilishicha, qotillik tergov qilinishi vaqtida qonunbuzarlikka yoki ma'muriy xatoga yo‘l qo‘yilganini ko‘rsatuvchi maxfiy hujjatlar uchun 100 ming dollar mukofot puli va'da qilingan.
AQShda Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq 2891 ta hujjat oshkor qilindi. Ushbu hujjatlardan iborat ma'lumotlar bazasi AQSh milliy arxivi saytida joylashtirilgan. Biroq AQSh prezidenti Donald Tramp ba'zi hujjatlar matnlari xavfsizlik nuqtai nazaridan tahrir qilinganidan ogohlantirgan.
Kennedi 1963 yil 22 noyabrda Dallasga safari vaqtida Li Xarvi Osvald tomondan otib o‘ldirilgan. Qotil kitob omborining 6-qavatidan Kennedi ketayotgan avtomobil tomon uch marta o‘q uzgan.
Mavzuga oid
21:29 / 01.10.2024
Julian Assanj: «Men jurnalistikada o‘zimni aybdor deb tan olishga majbur bo‘ldim»
00:06 / 26.09.2024
Julian Assanj ozod etilganidan beri ilk bor omma oldida chiqish qiladi
08:52 / 25.06.2024
WikiLeaks asoschisi Assanj Britaniya qamoqxonasidan ozod etildi
21:52 / 12.12.2023