Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston Rossiya imperiyasiga qarshi isyon kunini nishonlaydi
Qirg‘iziston respublikasi Oktyabr inqilobi kuni Tarix va ajdodlar xotirasiga kuni sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Mamlakat prezidenti Almazbek Atamboyev shunday qaror qabul qildi. U imzolagan farmon matni davlat rahbarining rasmiy saytida e'lon qilingan.
Hujjatga muvofiq, mamlakat fuqarolari 7 va 8 noyabr kunlarini Ajdodlar xotirasi va tarix kuni sifatida nishonlashadi. U bevosita 1916 yilgi voqealar munosabati bilan joriy qilinmoqda. Bir asr muqaddam o‘sha yili Rossiya imperiyasiga qarshi davlat to‘ntarishi amalga oshirilgan edi. Buning oqibatida qirg‘izlar halok bo‘lgan edi.
Farmonda ta'kidlanishicha, qirg‘iz halqi o‘zining 3 ming yillik tarixi davomida doim mustaqillikka intilib kelgan.
«Podshohning jazolash otryadlari tomonidan isyon shafqatsiz bostirilgan, tinch aholi vakillari ustidan qonli o‘ch olishlar amalga oshirilgan. Mahalliy aholining majburlikdan vatanlarini tark etishi tufayli qirg‘iz xalqi o‘lim yoqasiga kelib qolgan edi», — deyiladi hujjatda.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025