Jahon | 23:13 / 29.10.2017
7976
1 daqiqa o‘qiladi

Kataloniyaning huquqlari kengaytirilishi mumkinligi aytildi

Foto: RIA Novosti / Xaver Luengo

Ispaniya tashqi ishlar vaziri Alfonso Dastis Kataloniyada yuz berayotgan hozirgi inqiroz oqibatda muxtoriyat maqomining kengaytirilishiga olib kelishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Assoshieyted Press axborot agentligi xabar bermoqda.

"Men mustaqillikni istisno etaman, biroq katta muxtoriyatni emas", deb aytgan Dastis inqirozning qanday tugashi haqidagi savolga javoban. 

Vazirning aytishicha, Kataloniya jyeneralitetining o‘z lavozimidan chetlatilgan rahbari Karles Puchdemon muxtoriyatda dekabrda o‘tadigan saylovlarda nazariy jihatdan ishtirok etishi mumkin. "Agar u 21 dekabrgacha qamalmasa, unda saylovlarda ishtirok etish huquqidan ayrilmagan bo‘ladi", deb aytgan Dastis.  

Dastis Kataloniya mustaqilligi tarafdorlarini saylovlarni boykot qilishdan ogohlantirdi, chunki saylovlar qonunga ko‘ra o‘tkaziladi, shu sababli ularning natijalari hurmat qilinishi lozim, deb aytgan.

Mavzuga oid