Jahon | 07:20 / 29.10.2017
6933
1 daqiqa o‘qiladi

Somali poytaxtidagi mehmonxonaga uyushtirilgan hujum oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi

Foto: trend.az

28 oktabrda Somali poytaxti Mogadisho markazida joylashgan mehmonxonaga uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 23 kishi halok bo‘ldi va 30 dan ko‘proq kishi jarohat oldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Avval ma'lum qilingandek, portlovchi modda bilan to‘ldirilgan avtomobil prezident saroyidan 600 metr narida joylashgan, shahar markazidagi mehmonxona yonida portlatilgan. Shundan keyin mehmonxona ichiga jangarilar bostirib kirib, otishma boshlashgan. Bir necha daqiqadan keyin Somali parlamentining avvalgi binosi yonida yana bitta portlash yangragan.

Politsiya vakillarining ma'lum qilishicha, mehmonxonadan 30 kishini, jumladan bir vazirni olib chiqishga muvaffaq bo‘lingan.

Ushbu hujum uchun javobgarlikni "Ash-Shabob" terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Mavzuga oid