Jahon | 18:42 / 30.10.2017
12652
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Qozog‘istonda ommaviy pichoqbozlik: 6 kishi shifoxonaga olib ketildi

Foto: Arnapress.kz

Janubiy Qozog‘iston viloyatida yuz bergan ommaviy pichoqbozlik tufayli uch erkak og‘ir ahvolda qolmoqda. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi. 

Erkaklar Chimkentdagi tez tibbiy yordam shifoxonasida qolmoqda. Ular bu yerga Qazigutr tumanining Rabot qishlog‘ida yuz bergan pichoqbozlikdan so‘ng olib kelingan.

"Hammasi bo‘lib olti kishi turli jarohatlar bilan olib kelindi. Ular orasida Chimkentning uch fuqarosi, hodisa yuz bergan qishloqda yashovchi uch kishi bor. Jabrlanganlarning ikki nafari 1985 yilda tug‘ilgan, qolganlar – 1995 yilda tavallud topgan. Uch nafarini qo‘yib yubordik, qolgan uch kishi esa shifoxonada qolmoqda. Ularning ahvoli og‘ir", - deya aytib o‘tgan tez tibbiy yordam shifoxonasining qabul bo‘limi mudiri Sobit Boybo‘sinov.

Uning ta'kidlashicha, shifoxonada qolayotganlar o‘pka va yurakdan jiddiy jarohatlar olishgan. Jabrlanganlardan biri esa qariyb ikki litr qon yo‘qotgan.

Politsiya Qozog‘iston JKning ikki moddasi bo‘yicha sudga qadar tergovni boshladi.

Mavzuga oid