Jahon | 17:40 / 01.11.2017
31673
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Nyu-York teraktidan keyin «grin karta»ni tanqid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 8 kishining hayotiga zomin bo‘lgan va 11 kishini jarohatlagan Nyu-Yorkdagi halokatli hujumdan keyin «xizmatlarga yarasha immigratsiya»ga chorlamoqda. Bu haqida u o‘zining Twitter sahifasida ma'lum qildi.

«Biz «xizmatlarga yarasha» immigratsiya uchun kurashamiz, bundan keyin demokratlar uchun lotereya tizimlari yo‘q. Biz endi aqlliroq bo‘lishimiz kerak», - deya yozadi AQSh prezidenti. 

«Biz bu ahmoqlikka chek qo‘yamiz!» deb yozadi Tramp keyinroq. 

Bundan avvalgi ma'lumotlarga ko‘ra, bugun Nyu-Yorkda yo‘lovchilarga hujum uyushtirgan shaxs 2010 yilda AQShga qonuniy yo‘l bilan kirgan Sayfullo Soipov o‘zbekistonlik muhojir bo‘lgan.

 

Mavzuga oid