O‘zbekiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri Eron portlariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin
Shu kunlarda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bir qator hamkorlik shartlarini kelishib olish va imzolash uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Trend xabarida aytilishicha, ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuvida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masala sifatida temir yo‘l loyihasi ham muhokama etiladi. Gap Balx viloyati Mozori Sharifdan boshlab yana 4ta viloyatdan o‘tib, Hirotgacha cho‘ziladigan temir yo‘lning ochilishi haqida ketmoqda. O‘zbekiston ana shu yo‘nalishning bir qismidan manfaatdor bo‘lishi mumkin.
Afg‘oniston Temir yo‘l boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abdul Bori Soddiqning aytishicha, loyiha amalga oshgach, O‘zbekiston Eronning Hind okeanidagi portlariga erkin chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda O‘zbekistonning ishtiroki Xitoy, Eron, Qirg‘iziston va Afg‘oniston bilan tovar ayirboshlash hajmi oshishiga olib keladi.
Mavzuga oid
10:05 / 16.11.2024
YeI Rossiya uchun ballistika tufayli Eronga qarshi sanksiyalar tayyorladi
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
00:51 / 15.11.2024
Pizishkiyon: Eron yadro qurolini yaratmaydi
14:15 / 06.11.2024