O‘zbekiston | 16:30 / 03.11.2017
51026
1 daqiqa o‘qiladi
«Afrosiyob» poyezdining Samarqandga qatnovi vaqtinchalik to‘xtatildi
2017 yilning 3, 4, 5 noyabr kunlari Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qatnayotgan №764/763 sonli «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining qatnovi texnik sabablarga ko‘ra to‘xtatiladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur qatnov kunlariga xarid qilingan chiptalar hech qanday foiz ushlanmasdan temir yo‘l kassalarida qaytarib olinadi.
Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun qisqa 1005 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.
Mavzuga oid
07:15 / 02.10.2024
Samarqand arxitektura-qurilish universitetida yong‘in sodir bo‘ldi
07:10 / 02.10.2024
Tel-Aviv - Samarqand - Toshkent aviaqatnovi majburiy kechiktirildi
12:40 / 01.10.2024
Samarqanddagi xorijlik o‘qituvchilar: maktablar uchun yangi tajriba
19:23 / 25.09.2024