Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Yangi Kaledoniya mustaqilligi bo‘yicha referendumni ma'qulladi
Fransiya hukumati 2018 yilda Yangi Kaledoniyaning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi bo‘yicha referendum to‘g‘risida siyosiy kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda BFMTV telekanali.
«Bu oqshom (payshanbada) biz siyosiy kelishuvga (referendum orqali) erishdik, va shunisi muhimki, bizda ishonch paydo bo‘ldi. Lekin hali ko‘p ish bor», - deya ma'lum qildi Fransiya bosh vaziri Eduar Filipp.
Mustaqillikka erishish bo‘yicha referendumni o‘tkazish, 1998 yilda imzolangan Tinch okeanidagi arxipelagni bosqichma-bosqich mustamlakadan chiqarish bo‘yicha shartnoma bilan ko‘zda tutilgan.
Referendumning aniq sanasi hozircha noma'lum, biroq u 2018 yilning noyabridan kechiktirilmagan holda o‘tkazilishi lozim.
Yangi Kaledoniya - Tinch okeanining janubiy-g‘arbiy qismida xuddi shu nomdagi orolda joylashgan Fransiyaning maxsus ma'muriy-hududiy yeri. Uning aholisi 245 ming kishini tashkil etadi, poytaxt - Numea shahri.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025