Sport | 19:30 / 03.11.2017
24408
1 daqiqa o‘qiladi

«Paxtakor» penaltidan urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi

Oliy Liganing 27-turi doirasida Toshkentning «Paxtakor» jamoasi Jizzaxda «So‘g‘diyona» mehmoni bo‘ldi.

O‘yin taqdirini 62-daqiqada toshentliklar jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev penaltidan urgan gol hal qildi. Bu vaziyatda o‘yin hakami T. To‘xtasinov tomonidan belgilangan penalti ko‘pchilikda shubha uyg‘otgan.

Shu tariqa, «Paxtakor»ning qatorasiga beshinchi o‘yinida mojaroli holat yuzaga keldi.

Endilikda Shota Arveladze shogirdlari ochkolari sonini 53taga yetkazib, mavsum yakuniga 3 tur qolganida turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda ketayotgan «Nasaf» bilan tenglashib oldi. Ammo Qarshi jamoasi 26-tur o‘yinini hali o‘tkazmadi.

Oliy Liga, 27-tur
3 noyabr, juma

«So‘g‘diyona» – «Paxtakor» - 0:1
Gol: Igor Sergeyev (62 pen).

Mavzuga oid