Sport | 15:00 / 05.11.2017
30103
1 daqiqa o‘qiladi

Uaylder Joshuaga urush e'lon qildi

Butunjahon boks kengashi (WBC) versiyasi bo‘yicha jahon chempioni, amerikalik Deontey Uaylder IBO, IBF va WBA kamarlari sohibi, britaniyalik Entoni Joshuani jangga chorladi.

«Men bilaman, men eng yaxshisiman. Buni isbotlashim kerak. Shuning uchun men unga urush e'lon qilaman. Qirol dehqonlar ortiga yashirinmasligi, qirol bilan jang qilishi kerak. Men Joshua bilan jang o‘tkazishni istayman. Butun jahon shuni istaydi. Kel, Joshua, men bilan mushtlashib ko‘r. Jangdan bosh tortma va kunni belgila», degan bokschi Bermeyn Stivernga qarshi jangdan keyin.

Shanba oqshomida Nyu-Yorkda o‘tkazilgan jangda 31 yoshli amerikalik bokschi kanadalik Bermeyn Stivernni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi va WBC chempionlik kamarini oltinchi marta himoya qildi.

Mavzuga oid