O‘zbekiston | 00:53 / 06.11.2017
23682
2 daqiqa o‘qiladi

“LUKOYL” Qandim gazni qayta ishlovchi zavodining birinchi liniyasini ishga tushirdi

Rossiyaning “LUKOYL” kompaniyasi 2017 yil 3 noyabrda Qandim gazni qayta ishlovchi zavodining birinchi liniyasini ishga tushirdi.

Liniya belgilangan muddatdan 5 oy avval foydalanishga topshirildi. Uning ishlab chiqarish quvvati yiliga 4,05 mlrd kub metr gazni qayta ishlashga mo‘ljallangan.

Kompaniya vaxta shaharchasi, zavodoldi hududi, avtomobil yo‘llari tizimi, tashqi elektr ta'minoti va suv ta'minoti obektlari, eksport gazini jamlash va quvurini qurish bo‘yicha ishlarni yakunladi.  

Ayni vaqtda zavodning ikkinchi liniyasini qurish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ularni 2018 yil iyulida yakunlash rejalashtirilgan.

Yiliga 8,1 mlrd kub metr gaz hajmidagi unumdorlikka ega majmua Qandim konlari guruhidan oltingugurt-vodorod saqlovchi tabiiy gazdan 7,9 mlrd kub metr tozalangan tabiiy gaz, 134,4 tonna barqaror gaz kondensati, 212,9 tonna qumoq va granulalangan oltingugurt olishga imkon beradi.  

“LUKOYL” Qandim loyihasini 2004 yildan “O‘zbekneftgaz” bilan birgalikda amalga oshirib keladi. Qandim konlari guruhiga 6 ta gaz-kondensat koni kiradi.

Mavzuga oid