Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov "Gazprom" mablag‘laridan shaxsiy maqsadlarda foydalanmagan
Alisher Usmonov "Gazprom" mablag‘laridan shaxsiy maqsadlarda foydalanmagan, shu bois u o‘zining qonuniy huquqlari va manfaatlarini sudda himoya qiladi. Ishbilarmonning matbuot xizmatida shunday xabar berildi.
"Janob Usmonovning go‘yoki shaxsiy maqsadlarda "Gazprom" mablag‘laridan foydalanganiga doir barcha insinuatsiyalar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Janob Usmonov va unga tegishli kompaniyalar doim qonunga rioya qilish bilan bir qatorda korporativ boshqaruv va axloqiy norma tamoyillariga qat'iy muvofiq ravishda harakat qiladi", - deydi Usmonovning rasmiy vakili TASSga.
Usmonov va uning tuzilmalari o‘z huquq va manfaatlari himoyasiga doir yuridik vositalarni qo‘llash huquqini o‘z zimmasida qoldiradi, deyiladi xabarda.
Bundan avval Bermud orollarining Appleby ofshor huquqiy firmasiga tegishli bo‘lgan bir qancha maxfiy moliyaviy hujjatlarda Usmonovning nomi qayd etilganiga doir xabar berilgan edi.
Konsortsium versiyasiga ko‘ra, "Gazprom"ning Alisher Usmonov boshchilik qiluvchi "Gazprom investxolding" sho‘'ba korxonasi Yuriy Milnerning sho‘'ba korxonasiga sarmoya kiritgan ofshor firmani moliyalashtirgan.
Mavzuga oid
15:09 / 09.04.2025
Qoraqalpog‘istondagi “Shoxpaxta” gaz koni bo‘yicha “Gazprom” bilan bitim yakuniga yetdi
20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin
10:33 / 14.03.2025