Jahon | 21:30 / 07.11.2017
5824
1 daqiqa o‘qiladi

Livan bosh vaziri Saudiyada qamoqqa olingani haqidagi xabar rad etildi

Foto: REUTERS/Mohamed Azakir

Saudiya Arabistonidan turib videomurojaat qilgan Livan bosh vaziri Saad Haririy qirollikda uy qamog‘ida bo‘lgan. Bu haqida Reuters xabar berdi

Haririyning idorasi va Saudiya OAV uning seshanba kuni BAAga yo‘l olgani haqida ma'lum qildi. Livanning nufuzli sunniy siyosatchisi va Saudiya Arabistonining yaqin ittifoqdoshi bo‘lgan Haririyning yordamchilari uning qo‘lga olinganini inkor etishmoqda.

Livanning shialarni va "Hizbulloh" siyosiy harakatini  qo‘llab-quvvatlovchi "Al-Axbor" gazetasining yozishicha, Haririy o‘tgan juma kuni Ar-Riyodda uy qamog‘iga joylangan.

Dushanba kuni Saudiya tashqi ishlar vaziri Odil Jubayr qirollik Haririyni iste'foga chiqishga majbur qilganiga oid ayblovlarni rad etdi va u istagan vaqtida ketishi mumkinligini aytdi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid