Semizlikka qarshi kurashning oddiy usuli topildi
AQShning Beylor tibbiyot kolleji olimlari klinik tadqiqotlar vaqtida ishtahasi deyarli juda zaif bo‘lgan ayrim bemorlarning FBN1 genida mutatsiya borligini aniqlashdi. Ma'lum bo‘lishicha, bu guruhdagi odamlarda oqsilning sezilmas qismi yo‘q bo‘lib, u tanada asprozin hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Gormonni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, birikma gipotalamusdagi neyronlar bilan o‘zaro birga faoliyat yuritadi. Tadqiqotga ko‘ra, asprozin ikki xil miya to‘qimalari – ishtahani ochuvchi AgRP neyronlari va ishtahani bo‘g‘uvchi POMC neyronlariga turlicha ta'sir ko‘rsatadi. Natijada gormon ochlik hissini kuchaytiradi hamda ko‘proq taom yeyishga majbur qiladi.
Bundan tashqari, olimlarning aniqlashicha, ortiqcha vaznli odamlarning qonida asprozin miqdori ko‘p ekan. Tadqiqotchilar ushbu gormon faoliyatini to‘liq neytrallashtiradigan vositani ishlab chiqqani hamda ilk klinik sinovlarni o‘tkazganini ta'kidlashmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
Mavzuga oid

17:18 / 17.10.2024
Britaniya hukumati ortiqcha vaznli ishsizlarga ozdiruvchi ukol taklif qilmoqchi

20:42 / 13.09.2024
Gormonlar tufayli erkaklar ayollarga qaraganda kasallikka chidamsiz ekani aniqlandi - tadqiqot

22:21 / 13.11.2018
Semizlik va depressiya o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik borligi aniqlandi

15:10 / 10.11.2018