Light | 15:10 / 10.11.2018
14038
2 daqiqa o‘qiladi

Semizlik va uyquda nafas olishning to‘xtashi orasida bog‘liqlik bormi?

Foto: 123RF

Odamlar orasida ortiqcha vaznga ega bo‘lganlar soni ortib borishi bilan apnoe -  uyquda vaqtincha nafas ololmaslikdan aziyat chekayotganlar soni ham ortib bormoqda. Bu esa, miokard infarkti yoki insult kabi kasalliklar xavfini oshiradi, deyishmoqda ekspertlar. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda. 

«Olimlar AQShda 10 yil oraliqda o‘tkazilgan ikkita tadqiqot natijasida uyquda apnoega uchrash hollari qariyb 10 foizga oshganini aniqlashdi. Aniqroq aytganda, tadqiqot avvalida apnoega uchrash hollari 2-4 foiz kishida uchragan bo‘lsa, 10 yildan so‘ng, 10 foizdan ortiq bo‘lgan. Buni ortiqcha vaznli kishilarning ortishi bilan bog‘lashmoqda», — degan Sechenov nomidagi Mooskva tibbiyot universiteti uyqu tibbiyoti bo‘limi mudiri Mixail Poluektov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, apnoe — miokard infarkti, miya insulti va ateroskleroz kabi kasalliklarning alohida alomatlaridan biridir. Bundan tashqari, kislorod yetishmovchiligida inson aqliy qobiliyatlari ham yomonlashadi. 

O‘z navbatida, Moskva tibbiyot universiteti kardiolog shifokori Aleksandr Kalinkinning bildirishicha, apnoe ko‘plab gormonlar ishlab chiqarilish jarayonini buzadi. 

Mavzuga oid