Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada 34 yoshli shaxs tanishini pichoqladi
Zangiota tumanida, joriy yilning 22 oktabr kuni 1983 yilda tug‘ilgan Rafael Golubev (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) uyida tanishi, 1981 yilda tug‘ilgan Nikolay Petrov bilan o‘zaro kelishmovchilik tufayli janjallashib qolib, janjal vaqtida Nikolay Petrovni qorin sohasiga pichoq bilan urib tan jarohati yetkazgan.
Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar tarqatdi.
Ushbu holat yuzasidan Rafael Golubevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.
Mavzuga oid
10:29 / 26.04.2025
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025