Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Myanmadan rohingyalarning vatanga munosib qaytishini ta'minlashni talab qildi
Bangladeshdagi rohingya-qochqinlar soni 800 ming kishidan ortiqni tashkil qiladi, shulardan 607 ming nafari 25 avgustdan boshlab Myanmani tark etgan. BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turk Myanma va Bangladeshga tashrifi yakunlari bo‘yicha shu haqida ma'lum qildi.
"Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, hozirda Koks-Bazarda 607 ming rohingya-qochqin mavjud. Bu undan avval Myanmadan qochgan rohingya musulmonlaridan tashqari", - dedi u.
Turkning ta'kidlashicha, BMTning qochqinlar ishi bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi Myanmadan qochqinlarning o‘z vataniga munosib qaytishi uchun zarur sharoitlarni yaratishni talab qilmoqda, shunday bo‘lsa-da, u bu borada xom xayollarga berilmay, buning tez orada amalga oshmasligini yaxshi tushunadi.
Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, 25 avgustdan boshlab Myanmadan qochgan rohingyalar soni 611 ming kishidan oshgan.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025