Light | 03:14 / 13.11.2017
43997
7 daqiqa o‘qiladi

Hayotingizda ko‘p kerak bo‘luvchi 16 ko‘nikma

Foto: Layfxaker

Hayotdagi eng yaxshi narsalar bepul bo‘lishi mumkin, biroq ularga erishish uchun ko‘p vaqt, kuch-g‘ayrat va qat'iylik kerak bo‘ladi. BusinessInsider shakllantirish biroz qiyin bo‘lsa-da, zarur hisoblangan 16 ko‘nikma bilan bo‘lishdi.

1. Boshqalarga g‘amxo‘rlik qiling

Empatiya — ko‘pchilik yodidan chiqarib yuboradigan asosiy insoniy xususiyat. Bu boshqa odamning kechinmalarini his eta bilishdir. Aynan empatiya odamlar bilan ishlovchi oddiy mutaxassislarni birinchi toifali mutaxassislarga aylantiradi, xodimlarni bir jamoa bo‘lib ishlashga ilhomlantiradi, apatiyani yengib o‘tib, shunchaki maoshdan boshqa narsalarga ham intilishga yordam beradi.

2. To‘yib uxlash

Kun tartibini ishlab chiqish juda muhim, bu uyqu sifatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Muayyan tartibga rioya qilib, uyquga ketishingiz va ertalab uyg‘onishingiz osonlashadi va umuman yaxshiroq uxlay boshlaysiz.

Foto: Layfxaker

3. Vaqtni taqsimlash

Bugungi kunda vaqtni taqsimlash ayniqsa qadrli. Afsuski, taym-menejmentning bir universal usuli yo‘q. Aynan siz uchun qo‘l keluvchi rejimni topishga va unga rioya qilishga harakat qiling.

Foto: Layfxaker

4. Yordam so‘rash

Sizga qachon yordam kerakligini anglab yetish va yordam so‘rab birovga murojaat qilish juda qiyin, zero hech kim zaif va qobiliyatsiz bo‘lib ko‘ringisi kelmaydi. Biroq, olimlarning ma'lumotlariga ko‘ra, bunday iltimos hamkasblarimizda bizga bo‘lgan ishonchni yanada oshirar ekan.

Bir insondan maslahat so‘rar ekanmiz, biz uning bilimlari va tajribasini tan olayotgan bo‘lamiz, u esa bizga yanada ko‘proq ishona boshlaydi.

5. Ijobiy ichki muloqot olib borish

Boshqalarning siz haqingizda nima deb o‘ylashi muhim emas. O‘zingiz nima deb o‘ylashingiz muhim. Biroq atrofdagilar sizga ishonmayotgan bir paytda sizni qo‘llab-quvvatlovchi ishonchning bunday darajasiga erishish uchun juda ko‘p vaqt ketadi. Shu bois ijobiy ichki muloqot juda muhim. Biroq o‘zingiz haqingizda salbiy fikrlash, aksincha, sekin-asta o‘zingizga bo‘lgan ishonchdan mahrum qiladi.

Foto: Layfxaker

6. Izchil harakat qilish

Har qanday ishda muvaffaqiyatga erishish uchun izchillik zarur. Nimaga intilmang, barchasida izchillikning ahamiyati katta: sport bilan shug‘ullanish, nimanidir o‘rganish yoki muhim loyihani tugallash. Odamlar ko‘pincha muayyan darajaga yetgach, yanada yaxshi ishlash o‘rniga o‘z  harakatlarini susaytirishadi. Erishgan darajasini saqlab qolish uchun yanada qattiq ishlash va izchillikka rioya qilish kerak bo‘ladi.

7. Birovlarning ishlariga aralashmaslik

Birovlarning ishiga aralashib, hech kimga yordam bera olmaysiz, shunchaki vaqt, kuch-g‘ayrat va vositalaringizni zoye ketkazganingiz qoladi xolos. Dunyodagi eng odil inson bo‘lsangiz ham, boshqalarning ishiga aralashishga huquqingiz yo‘q. Buni yodda saqlab, unga rioya qilish uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi.

8. Suhbatdoshni tinglash

Ishxonada qo‘ng‘iroqlar va xabarlar doim bizni chalg‘itadi, suhbatdoshga diqqatni qaratish oson bo‘lmaydi. Muloqot vaqtida diqqatingizni jamlay olmasangiz, suhbatdoshingizning so‘nggi gapini takrorlashga harakat qiling. Shunda gap nima haqidaligini eslab qolasiz.

Foto: Layfxaker

9. Vaqtida tilni tiyish

Ba'zan o‘z fikrlaringizni bildirishdan tiyilganingiz ma'qul. Nimadandir jahlimiz chiqqanida, birovdan xafa bo‘lganimizda yoki hayajonlanganimizda miyaga kelganini gapirib yuboramiz. Keyin esa afsuslanib yuramiz.

10. Yangi tillarni o‘rganish

Bu ko‘nikma faqat karerada va boshqa mamlakat fuqarolari bilan muloqot qilishda yordam berish bilangina cheklanib qolmaydi. Yangi til bilan birga yangicha dunyoqarash, yangi hissiyotlar va yangicha fikrlash usuli  shakllanadi.

11. O‘y-fikrlarni boshqarish

O‘zingiz istagan ish bilan shug‘ullanish va maqsadga erishish uchun fikrlaringizni kerakli tomonga yo‘naltirish zarur. Murakkablik shundaki, o‘tgan yillar tajribasi bizga va fikrlarimizga katta ta'sir ko‘rsatadi. Biroq o‘tmishingiz kelajagingiz ustidan hukm chiqarishiga yo‘l qo‘ymang.

12. Fisqi-fasoddan yiroq bo‘lish

Har qanday munosabatlarning asosi — ishonch. Birovning ortidan gapirish ishonchni so‘ndiradi. Shunga qaramay, boshqalarni muhokama qilishdan voz kechish qiyin. Muhim suhbatlarni qo‘yib yuborishga, ba'zi odamlardan uzoqlashishga va doimo "Gapingizni bo‘lganim uchun uzr, biroq to‘g‘risi, menga buning qizig‘i yo‘q", deyishga to‘g‘ri keladi. Shunday bo‘lsa-da, maqsadlaringizdan voz kechmang, shunda katta mukofot - ishonchni qo‘lga kiritasiz.

Foto: Layfxaker

13. Ayni damda yashash

Biz kamdan-kam holatlardagina aynan hozirgi damda bo‘lamiz. Ba'zan nima qilayotganimizni ham sezmaymiz va boshqa o‘y-xayollar girdobida yuramiz.

Biz kelajak haqida qayg‘uramiz yoki o‘tmish xayollari bilan yuramiz va bu bizga ayni damdan bahra olishga imkon bermaydi.

14. Omma oldida gapirish

Juda ko‘pchilik omma oldida chiqish qilishga qiynaladi. Hatto mashhur ishbilarmon Uorren Baffet ham omma oldidagi chiqishlardan shunchalik qo‘rqqanki, nutq so‘zlashi oldidan ko‘ngli ayniy boshlagan. Bunday qo‘rquvlarni yengib o‘tish uchun u imkon qadar ko‘proq tajriba qilishni tavsiya qiladi.

15. Atrofdagilar bilan samimiy bo‘lish

Ba'zan odamlar bilan mutlaqo samimiy bo‘lish noqulaydek, lekin bu biror nima deyish kerakligi uchungina yoqimli xushomad qilishni bildirmaydi. Facebook COO Sheril Sendberg radikal ochiqlikka rioya qilishni tavsiya qiladi. Bu qayg‘urishning shunday turiki, unda biz haqiqatni aytib, insonning jahlini chiqarishdan qo‘rqmaymiz.

Foto: Layfxaker

16. O‘zingizni aldamaslik

Nohaq ekaningizni tan olish juda qiyin. Biroq hamma xato qiladi. Eng yomoni, ularni tan olmay, kerakli xulosa chiqarmaslik.

Mavzuga oid