Jahon | 12:30 / 13.11.2017
9604
2 daqiqa o‘qiladi

Kiberqurolni o‘g‘irlatish MXA "poydevoriga bolta urdi" – OAV

Foto: The New York Times

AQShning Milliy xavfsizlik agentligi 2016 yilgi xakerlar xuruji va ularning bir nechta zararli dasturlarni o‘g‘irlaganlaridan so‘ng inqirozni boshdan kechirmoqda. MXA bu dasturlardan elektron qurilmalarga dunyo tarmoqlariga kirishda foydalangan, deb yozadi The New York Times nashri.

Shadow Brokers xakerlar guruhi MXAdan o‘margan dasturiy ta'minot kodlarini e'lon qildi.  Bu kod keyinchalik butun dunyodagi kompyuterlarga zarar yetkazgan viruslarni ishlab chiqishda qo‘llanildi.MXA bu vaziyatga izoh berganicha yo‘q, ammo gazetaning fikricha, o‘g‘irlangan kiberqurol agentlikka tegishli bo‘lgani isbotlangan. Bunda nashr agentlik xodimlariga tayangan.

"Agentlikning hozirgi va sobiq rahbarlarinig aytishicha, Shadow Brokers xakerlarining 2016 yili boshlangan xurujlari MXA uchun og‘ir oqibatlarga olib keldi. Agentlikning qudratli kuberqurolni himoya qilish qobiliyatini yo‘qqa chiqardi. Bundan tashqari, agentlik milliy xavfsizlik uchun naqadar qadrli ekanini namoyish etdi. Raqiblarning kompyuter tarmoqlarini buzish borasida jahon yetakchisi bo‘lgan agentlik o‘z tarmog‘ini himoya qila olmadi", — deb yozadi gazeta.

Nashrga ko‘ra, hujjatlarning o‘g‘irlanishini "MXAni larzaga solgan zilzilaga qiyoslash mumkin". Taxminlarga ko‘ra, Shadow Brokers xakerlari yetkazgan zarar MRB va MXAning sobiq xodimi Edvard Snouden yetkazgan talofatdan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin. Chunki u ommaviy kuzatish dasturining nomini oshkor qilgan edi. Bu xakerlar esa, dasturiy ta'minotlar kodini e'lon qilib, ulardan uchinchi tomon foydalanishiga imkon yaratdi. 

Ammo hozircha, MXA sobiq xodimiga ko‘ra, Amerika huquqni muhofaza qiluvchi organlari xakerlarni topa olgani yo‘q. 

Mavzuga oid