Jahon | 15:50 / 13.11.2017
5756
1 daqiqa o‘qiladi

Texasdagi ommaviy qotillik sodir etilgan cherkov qayta ochildi

Foto: Washington Post

Texasning Sazerlend-Springs shaharchasidagi ommaviy qotillik sodir etilgan baptist cherkovi qayta ochildi.

Cherkov ichkarisiga qotillik qurbonlari bo‘lganlar uchun xotira ramzi sifatida 27ta maxsus o‘rindiqlar joylashtirib chiqildi.

5 noyabr kuni Devin Kelli ismli shaxs cherkov ichiga bostirib kirib, ibodatga kelgan odamlarni o‘qqa tutgandi. Hujum oqibatida 27 kishi hayotdan ko‘z yumdi va 26 kishi jarohat oldi.

Qotil o‘z joniga qasd qilgan. U ruhiy kasal bo‘lgan.

Bundan avvalroq ushbu cherkov butunlay buzilib tashlanishi haqida xabarlar berilgandi.

Foto: Washington Post
Foto: Washington Post
Foto: Washington Post
Foto: Washington Post

 

Mavzuga oid