Yilning eng yaxshi panoramali suratlari
Xalqaro EPSON International Pano Awards tanlovi 2017 yilgi g‘oliblarni e'lon qildi. Hakamlar hay'ati tanlovda professional va havaskor suratkashlardan yuborilgan 5 mingdan ortiq fotosuratlardan eng munosiblarini tanlab oldi. Ria.ru panoramali surat janri g‘oliblarini taqdim etmoqda.
EPSON International Pano Awards tanlovi ishtirokchisi Frantsisko Negronining “Kalbuko vulqoni” surati “Tabiat/peyzaj” tasnifida ikkinchi o‘rinni oldi.
“Havaskor fotosuratchi” tasnifi g‘olibi, britaniyalik Darren Murning “O‘nta uycha” nomli surati.
Hakamlarning videotasvirga olish jarayonida olingan eng yaxshi surat uchun maxsus sovg‘asi Akura Mitsuiga nasib etdi.
“Aks mozaikasi” ishi Katerina Kits ijodiga mansub. U “Antropogen muhit/arxitektura” tasnifida ikkinchi o‘rinni oldi.
“Flish. Ispaniya Sumayyasidagi tabiiy fenomen”. Fotograf Xuan Pablo de Migel Moreno “Raqamli san'at” tasnifida ikkinchi o‘rin sohibi.
“Karolin Mitchum mukofoti” tasnifida uchinchi o‘ringa loyiq topilgan surat. Uni kanadalik Adam Gibbs olgan bo‘lib, “Feyalar ko‘lidagi shamol” deb nomlanadi.
Sheyn Uilyamson olgan fotosurat ham “Antropogen muhit/arxitektura” tasnifida ikkinchi o‘ringa munosib topildi.
“Tabiat/peyzaj” tasnifida havaskorlar o‘rtasidagi sovrindor avstraliyalik Rey Jyennings ijodi.
Yshixiko Vada surati ham “Antropogen muhit/arxitektura” tasnifida havaskor suratchilar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Fotosuratchi Rita Klyugeing “Ozodlik” nomli surati “Karolin Mitchum mukofoti” tasnifida ikkinchi o‘rinni egalladi. Surat Tonga qirolligi sohillari yaqinidagi suv osti g‘orida olingan.
Devid Martin Kastan olgan surat “Tabiat” tasnifidagi eng yaxshi suratlardan biri deb topildi.
Amerikalik Neyt Mertsning “G‘alati narsalar” surati havaskor fotosuratchilarning “Tabiat/peyzaj” tasnifida eng yaxshilaridan biri bo‘ldi va hakamlarning maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Sebastyan Tontch olgan surat “Antropogen muhit/arxitektura” tasnifida uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Luka Benini “Tabiat/peyzaj” tasnifida uchinchi o‘rinni egalladi va turli lavhalarning birlashtirilishi bo‘yicha eng yaxshisi deb topildi.
“Tabiat/peyzaj” tasnifida ispaniyalik fotosuratkash Xesus M. Garsiya olgan foto bo‘ldi.
“Antropogen muhit/arxitektura” tasnifi bo‘yicha ochiq tanlovda ispaniyalik Xaver de la Torrening Shangxay shahri surati g‘olib deb topildi.
“Mijoz shay. AQSh O‘limlar vodiysi milliy parki” nomli suratni amerikalik fotograf Piter Koskun olgan. U “Raqamli san'at” tasnifida uchinchi o‘rinni oldi.
“Qum va yulduzlar”. “AQSh O‘limlar vodiysi milliy parki”da olingan surat. “Raqamli san'at” tasnifi g‘olibi bo‘lgan suratni daniyalik Peter Iversen olgan.
“Karolin Mitchum mukofoti” tasnifi g‘olibi – “Stoksnes ko‘zi. Islandiya” nomli suratni polshalik Voychex Kruchinski ijodiga mansub. Fotosurat, shuningdek, gigapikselli foto sifatida ham hakamlarning eng yuqori bahosiga ega bo‘ldi.
Suratkash Marsio Kabralning sferik panoramasi EPSON International Pano Awards tanlovi hakamlarining maxsus e'tirofiga sazovor bo‘ldi.
Mavzuga oid
16:01 / 05.11.2024
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi
19:41 / 30.10.2024
Toshkentga to‘rtta kirish darvozasi quriladi
09:08 / 27.06.2024
"Har bir fuqaro uchun – bir daraxt" ko‘rik-tanlovi tashkil etiladi
16:02 / 17.05.2024