Jahon | 12:10 / 14.11.2017
9331
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston fuqarolari Rossiyaga kirish uchun soxta muhrlar yasashgan

Foto: ASTV

Rossiyaning Saxalin viloyatida Qirg‘iziston fuqarolari noqonuniy migratsiyani tashkil etishda ayblanmoqda. Bu haqda astv.ru sayti xabar berdi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilning noyabridan 2016 yilning fevraliga qadar hech qayerda ishlamaydigan ikki qirg‘izistonlik Janubiy-Saxalinskda bo‘la turib, Rossiyada vaqtinchalik qolish muddatini uzaytirish ehtiyojiga ega bo‘lgan xorijlik fuqarolarga «yordam» berishga qaror qilishgan. Ular migratsiya kartalariga mamlakat hududiga kirish muddati bo‘yicha soxta ma'lumotlar kiritishgan hamda ularga chegara idoralarining qalbaki sana-muhrlarini qo‘yishgan.

Xabar qilinishicha, yaqin vaqt ichida jinoiy ish Janubiy-Saxalinsk shahar sudiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.

Qirg‘izistonning ushbu 2 fuqarosi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin, deya aniqlik kiritgan OAV.

Mavzuga oid