Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bodibilding festivali bo‘lib o‘tadi
Toshkentda 17-19 noyabr kunlari PROFORM CLASSIC FESTIVAL sport festivali bo‘lib o‘tadi. Bu festivalga 10 ta davlat sportchilari taklif qilinganlar.
Festival dasturiga sportning bir necha turlari bo‘yicha musobaqalar kiritilgan. Bu haqda O‘zbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federatsiyasi ma'lum qildi.
17 noyabrda “Turkiston” saroyida bodibilding va fitnes bo‘yicha chempionat o‘tkaziladi. 18 noyabrda esa sportning kuch bilan bog‘liq turlari bilan shug‘ullanuvchi rossiyalik sportchi Mixail Koklyayev seminar va master-klass o‘tkazadi.
19 noyabrda esa festival mehmonlarini kuch ekstrimi bo‘yicha jahon kubogi kutmoqda. Musobaqalar “JAR” sport kompleksida bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Xitoy, Irlandiya, AQSh, Polsha, Ukraina, Litva, Belarus, Bolgariya, Rossiya, Qozog‘istondan 20 nafar eng kuchli sportchi ishtirok etadi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025