O‘zbekiston | 23:14 / 15.11.2017
38828
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi sobiq GUM yana faoliyatini boshladi

Foto: KUN.UZ

15 noyabr kuni Toshkent shahridagi sobiq GUM yoki Turkuaz savdo majmuasi qaytadan ish boshladi. Toshkent savdo markazi nomi bilan faoliyat yuritayotgan kompleks 2010 yildan buyon huvillab qolgandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Tantanali ochilish marosimidan so‘ng, bino ichiga qadam qo‘yildi. Uning birinchi qavatida maishiy-texnika buyumlar bilan savdo qiluvchi 40ta savdo do‘koni va teng miqdorda kiyim-kechak hamda uy buyumlari sotilishi rejalashtirilgan do‘konlar ikkinchi qavatda joylashgan.

Savdo majmuasi ish boshqaruvchisining aytishicha, Toshkent savdo markazi davlat ulushidagi xususiy kompleks sifatida ish boshlagan. Kelgusida uning oldidagi oziq-ovqat marketi ham rivojlanib borishi kutilayotgani ta'kidlandi. Shuningdek, 740taga avtomobil qo‘yish maydonchasi yaratilgan.

Sobiq Sovet davrida ancha mashhur bo‘lgan Toshkent GUM keyinchalik zamona talabiga javob bera olmagach xususiy tadbirkorlarga foydalanishga topshirilgan. 2000 yillarning boshida uni turk sarmoyadorlari foydalanishga olib, Turkuaz majmuasini yaratgandi. 2010 yildan buyon uning faoliyati to‘xtab qolgan.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid