Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sooronboy Jeenbekovning inauguratsiyasi o‘tkaziladigan joy va sana ma'lum bo‘ldi
Qirg‘izistonning saylangan prezidentining o‘z lavozimini bajarishga kirishish marosimiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi yig‘ilishida bu marosim o‘tadigan joy va sana ma'lum qilindi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti devonining axborot siyosati bo‘limi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, prezident etib saylangan Sooronboy Jeenbekovning inauguratsiyasi marosimi “Ala-Archa” davlat qarorgohidagi “Ene-Say” qabullar uyida 24 noyabr soat 10.00da bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish davomida shuningdek marosimning o‘tkazilish ssenariysi va tashkiliy masalalar muhokama qilingan.
Bishkekda joylashgan "Ala-Archa" qarorgohidagi qabullar uyi 2016 yil sentabrda Bishkekda o‘tgan MDH sammiti uchun qurilgan. O‘tov ko‘rinishida barpo etilgan bu uy ikki qavatdan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 1,5 ming kvadrat metrni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025