Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 yil avval yo‘qolgan mashina egasi qoldirgan joydan topildi
El teginmasa ellik yotadi degani Yevropada isbotlandi. Germaniya politsiyasi 20 yil avval yo‘qolgani haqida xabar qilingan avtomobilni topdi. Avtomobil avtoturargohdan topildi, deb yozmoqda Augsburger Allgemeine nashri.
1997 yili keksa erkak avtomobilini ishlab chiqarish inshootlaridan birining garajida qoldirgan va buni unutgan. Mashina esa, binoni buzishga qaror qilinganidan so‘ng topilgan, deb yozadi gazeta.
Politsiyachilar mashina egasining shaxsini aniqlashdi va yo‘qolgan avtomobilni qaytarishdi. Ta'kidlanishicha, mashina shunchalik zanglab ketgani, undan foydalanib bo‘lmaydi, balki qayta ishlashga yuboriladi.
Shu yilning sentabr oyida Fransiyada 38 yil avval o‘g‘irlab ketilgan Peugeot 104 hetchbeki topilgan edi. Avtomobil Shalon-an-Shampan shahri yaqinidagi botqoqlikdan topilgandi. Politsiyachilar mashina egasiga xabar bergan. Biroq u sug‘urta pulini olgani bois, bu avtomobil sug‘urta kompaniyasiga tegishli hisoblanadi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025