Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kongressi Ukrainaga harbiy yordam berishni ma'qulladi
AQSh Kongressi Senati 16 noyabr kuni Pentagon siyosati va uni 2018 yilda moliyalashtirish loyihasini ma'qulladi. Hujjatga Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish, xususan o‘qotar qurollar bilan ko‘mak berish kabi bandlar ham kiritilgan edi. Endilikda hujjatni prezident Tramp imzolasa kuchga kiradi.
Qonun loyihasiga muvofiq, mudofaa vazirligi Kiyevga mudofaa qurollari, texnikasi yetkazib berish hamda ukrainalik harbiylarni tayyorlash ishlariga 350 mln dollar sarflashi mumkin.
Biroq Amerika mudofaa vaziri ko‘rsatilgan summaning yarmidan foydalana oladi, qolgan qismi Ukraina hukumati mudofaa sohasida "institutsiyaviy islohotlar" o‘tkazayotgani to‘g‘risidagi hisobotni Kongressga taqdim qilgach ishlatish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:00 / 28.05.2025