Fan-texnika | 18:45 / 17.11.2017
77436
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toyota – Yaponiya orzusi O‘zbekistonda

Foto: Toyota

O‘zbekiston uchun rivojlanishning yangi bosqichi boshlandi – avvallari bajarib bo‘lmaydigandek tuyilgan yangi loyihalar, ko‘plab islohotlar amalga oshirildi va ular Respublika ijtimoiy hayoti hamda iqtisodiyotiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Yangi imkoniyatlardan foydalangan holda mahalliy kompaniyalar xalqaro maydon tomon shaxdam qadam tashlashmoqda. Ulardan biri hisoblanmish, Technic Diesel Motors MChJ o‘z oldiga mas'uliyatli vazifani qo‘ydi — jahondagi yirik Toyota avtomobil ishlab chiqarish kompaniyasi hamda O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida bog‘lovchi ko‘prikka aylandi. Kelishuvlar uchun ikki yil vaqt ketdi, biroq natija bunga arziydi — endilikda Yaponiyaning eng katta korxonasi O‘zbekistonda rasman namoyish etiladi. 

Technic Diesel Motors kompaniyasi Toyota’ning O‘zbekistondagi birinchi rasmiy dileriga aylandi. Hozirda u nafaqat import qilingan mashinalarni sotish, balki texnik xizmatlarni ham taqdim etish (to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchi zavodning o‘zidan zaruriy ehtiyot qismlari va original qo‘shimchalarni yetkazib berish) bilan ham shug‘ullanadi. Bundan tashqari, Technic Diesel Motors orqali sotib olingan barcha yapon markali mashinalarga 3 yillik rasmiy kafolat beriladi. 

Toyota taqdimotga muhtoj emas — bu dunyoga mashhur avtomobil markasi bo‘lib, sifat va ishonch bilan chambarchas bog‘liq. Bugungi kunda mahalliy bozorlarda  Technic Diesel Motors Land Cruiser 200 (4 l va 4,6 l), Rav4 (2.5 l) va butun dunyoda orziqib kutilayotgan LandCruiserPrado 2018 (2,7 l va 4 l) kabi uch modelni taqdim etmoqda. Shuningdek, modellar qatorini kengaytirish ustida ham tinimsiz ish olib bormoqda. 

Foto: Toyota 

Technic Diesel Motors kompaniyasining faoliyati shak-shubhasiz, mamlakat ichidagi raqobatni rivojlantirish uchun yangi bosqichga aylandi va O‘zbekiston xorijiy avtomobil brendlari bilan  hamkorligi yo‘lida yangicha yo‘nalishni ochib berdi. 

Technic Diesel Motors O‘zbekistonning barcha aholisini 18 noyabr kuni soat 18:30da  Samarqand Darvoza SKMga yangilangan Toyota Land Cruiser Prado 2018 rasmiy taqdimotiga taklif etadi! Aynan shu kuni yangilangan afsona O‘zbekistonda paydo bo‘ladi! Mashina qarshingizda bor yorqinligi bilan namoyon bo‘ladi! Mashina 1 dekabrgacha namoyishda turadi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid