Jahon | 08:00 / 19.11.2017
5224
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda qariyalar uyida chiqqan yong‘in oqibatida 27 kishi jabrlandi
AQShning Pensilvaniya shtatida joylashgan qariyalar uyida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 27 kishi jarohat oldi. Bu haqda ABC telekompaniyasi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, yong‘in 18 noyabr kechki vaqt Filadelfiyadan g‘arbda joylashgan 5 qavatli binoda sodir bo‘lgan.
Yuzlab o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etish va ba'zilari o‘zi mustaqil yura olmaydigan keksalarni evakuatsiya qilishda ishtirok etgan. Favqulodda xizmatlar umumiy hisobda 160 kishini, jumladan qariyalar uyi xodimlarini evakuatsiya qilishgan.
Ayni vaqtda yong‘inga nima sabab bo‘lgani ma'lum emas.
Mavzuga oid
08:55
Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024