Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko xonim nogiron bolalar pulini o‘g‘irlaganlikda gumon qilinmoqda
Ukraina birinchi xonimi Marina Poroshenko imkoniyati cheklangan bolalarga yordam berish maqsadida tashkil etilgan xalqaro gumanitar tashkilotlar orqali pullarni noqonuniy o‘tkazishga aloqador bo‘lishi mumkin. Bu haqda Luxembourg Herald nashri Ukraina adliya vazirligidagi manbasiga asoslangan holda yozmoqda.
"Bu faoliyat prezidentning rafiqasi Marina Poroshenko tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. U mazkur jamg‘armalar hisob raqamlariga mablag‘lar tushumini "nazorat qiladi" va ularning sarflanishida faol ishtirok etadi", — deyiladi maqolada.
Nashrning yozishicha, AQSh va Yevropa mamlakatlari imkoniyati cheklangan ukrainalik bolalar ehtiyojlari uchun soxta xalqaro tashkilotlar orqali pul o‘tkazgan. Xayriya tashkilotlari hisobidagi pullar turli xil, xususan offshor firmalarga mablag‘ o‘tkazilgan, shundan so‘ng xayriya tashkilotlari yopilgan.
Lyuksemburg nashri alohida ravishda Jorj Sorosning International Renaissance Foundation jamg‘armasini alohida yodga olgan. Birgina uning tashkiloti orqali o‘nlab va yuzlab million dollar mablag‘lar o‘tkazilgan.
Ukraina adliya vazirligidagi manba Lyuksemburg jurnalistlariga Marina Poroshenko ishtirok etgan "Kuchli Ukraina" xayriya tashkilotiga doir hisobotni ham taqdim etgan. Tashkilotchilar fond pullarini o‘zlashtirib olganlaridan so‘ng, bu tashkilotni yopishga qaror qilishgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025