Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berishni boshladi
Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistonga neftni sinov tariqasida yetkazib berishni boshladi. Bu haqda «Kommertsant'» nashri xabar bermoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, O‘zbekiston «Gazprom» bilan birgalikda uch yildan so‘ng 5 mln. tonnaga mo‘ljallangan yangi neftni qayta ishlovchi zavodni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Biroq yetkazib berish hajmini oshirish uchun Qozog‘iston orqali neft quvurlarini kengaytirish talab etiladi, uning moliyaviy sxemasi esa hali noaniq, deb yozmoqda nashr.
Rossiya kompaniyasi juma kuni O‘zbekiston yo‘nalishida Qozog‘iston orqali tranzit sifatida Omsk-Pavlodar-Chimkent neft quvuri bo‘ylab neft yuborishni boshladi. Keyinchalik xomashyoni temir yo‘li orqali yetkazish rejalashtirilmoqda.
Tasdiqlangan jadvalga ko‘ra, hajm bir oyda 30 ming tonnani tashkil etadi, biroq talabga muvofiq sutkasiga 2 ming tonnaga qadar (ya'ni taxminan 60 ming tonna) oshirilishi mumkin.
Vaziyatdan boxabarlarning aniqlik kiritishicha, O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘ylab hozirda «Gazprom neft»ning nefti yetkazib berilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025