Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Yevropada ham tojni topshiradimi? Seshanba oqshomining asosiy intrigalari
Bugun, 21 noyabr oqshomida Yevropa yashil maydonlarida Chempionlar Ligasining guruh bosqichida 5-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Beshinchi tur ko‘plab jamoalar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega, bugun pley-offning navbatdagi ishtirokchilari aniqlanadi, shuningdek, ko‘plab jamoalar turnirdagi ishtirokini to‘xtatishi aniq bo‘ladi.
«Tribuna» bugun 4 guruhda bo‘lib o‘tadigan 8 uchrashuv anonsi bilan tanishtiradi.
«Real» Ispaniya chempionatini deyarli boy berdi, endi navbat YeChLgami?

H guruhi
APOEL – ReAL
Bugun, 21 noyabr. Nikosiya. GSP stadioni. 22.45 (Match! Igra – 00.30).
BORUSSIYa D – TOTTeNHEM
Bugun, 21 noyabr. Dortmund. «Signal Iduna Park». 22.45 (Match! Futbol 1 – 00.30).
«Real» erkin qulashda davom etishi mumkin. Ispaniya chempionatining oxirgi turida «Atletiko» bilan derbida golsiz durang qayd etgan «Qirollik klubi» turnir jadvalida «Barselona»dan ortda qolib ketdi. «Real» shu vaqtgacha yetakchi jamoadan 8 ochkolik farq bilan ortda qolganida hech qachon chempion bo‘la olmagan, 10 ochkolik farq esa vaziyat yanada og‘irligini ko‘rsatmoqda. Ispaniyada hali hech qaysi jamoa buncha farqni yo‘qqa chiqara olmagan. Shu tufayli Zidan asosiy e'tiborini Yevropa Chempionlar ligasiga qaratishi kerak bo‘ladi.
3 hafta muqaddam «Real» 2012 yildan buyon ilk marta YeChLning guruh bosqichida mag‘lub bo‘lgandi, Londonda «Tottenhem»ga qarshi o‘yin 1:3 hisobida yakunlangandi. Oxirgi yillarda dunyoning eng yaxshi futbolchisi maqomini qo‘lga kiritib kelayotgan Krishtianu Ronaldu faqat Chempionlar Ligasida gol urmoqda, Ispaniya chempionatida shu vaqtgacha atigi bitta golni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan portugaliyalik hujumchida YeChLda urilgan 6 gol mavjud. Jamoaning ikkinchi asosiy hujumchisi Karim Benzema esa na ichki chempionatda, na xalqaro maydonlarda ishonchni oqlamoqda. «Billuroyoq» Garet Beyl esa navbatdagi jarohatiga duchor bo‘lgan, jamoa sardori Serxio Ramos o‘tgan turda burnini sindirib olgan bo‘lsada, Kiprga jamoa bilan uchib keldi va u endi niqob taqqan holda o‘ynashi kutilmoqda.

Kiprliklar jamoasi Dortmundning «Borussiya» klubi bilan ikki bor durang o‘ynadi, ular aytilayotganidek juda kuchsiz jamoa emas. Bugun g‘alaba qozonsa, bu jamoa «Real»ga yaqinlashib oladi va chorak finalni orzu qila boshlaydi. (APOEL 2011-12 yilgi mavsumda guruhdan chiqqandi ham. O‘shanda kiprliklarga bu bosqichda aynan «Real» raqib bo‘lgan).
Dortmundning «Borussiya»si 5 yildan buyon muntazam ravishda pley-off o‘yinlarida qatnashib kelgandi. Ammo agar bugun «Real» Nikosiyada g‘alaba qozongudek bo‘lsa, bu an'ana to‘xtaydi va nemislar faqat Yevropa Ligasi haqida qayg‘urishlari mumkin bo‘ladi. Shu tufayli Peter Bos shogirdlari bugun o‘z uyida «Tottenhem»ni yengish bilan birga Kiprda mo‘'jiza sodir bo‘lishini kutishiga to‘g‘ri keladi. Yo‘qsa, bugun tug‘ilgan kunini nishonlayotgan, 54 yoshni qarshilayotgan Peter Bos ishdan bo‘shatilishi mumkin.

«Beshiktosh» ilk bor YeChL nimchorak finaliga chiqmoqda
G guruhi
BeShIKTOSh – PORTU
Bugun. Istanbul. «Vodafon Arena» stadioni. 20.00 (Match! Futbol 1 – 21.45).
MONAKO – LeYPTsIG
Bugun. Monako. «Lui II» stadioni. 22.45 (Match! Arena – 00.30).
Turkiya chempioni bugun o‘z tarixida ilk marta Chempionlar Ligasi nimchorak finaliga chiqishi mumkin. Buning uchun turklarga «Portu»ga qarshi o‘yindagi durang ham kifoya qiladi. Portugaliyaliklarga esa bugun faqat g‘alaba kerak, shu orqali jamoa keyingi bosqich masalasida xotirjam bo‘lishi mumkin. Turklarning YeChLdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 12ta o‘yinga yetgan (5 g‘alaba va 7 durang). Turkiya chempionatida esa «Beshiktosh» o‘z maydonida oxirgi bor 2 yil oldin yutqazgandi («Oqhisor» bilan o‘yin 0:2). Shu bilan birga turklar hali portugallarni o‘z maydonida yenga olmagan - 4 o‘yinda 2 durang va 2 mag‘lubiyat.

O‘tgan mavsumda yorqin o‘yinlar ko‘rsatib, YeChLning yarim finaligacha yetib borgan monegasklar jamoasi bu safar o‘z tarixidagi eng yomon natijani ko‘rsatmoqda. Jardim shogirdlari o‘tgan 4 turda atigi 2 ochko jamg‘ardi. Lekin «Monako»da hali ham imkoniyat saqlanib qolmoqda, buning uchun klub o‘z o‘yida «Leyptsig»ni yengishi va Turkiyada «Beshiktosh» «Portu» ustidan g‘alaba qozonishini kutishi kerak. Agar nemislardan mag‘lub bo‘lsa, jamoa turnirni davom ettirmasligi aniq bo‘ladi.

Neapolga oxirgi ogohlantirish

F guruhi
NAPOLI – ShAXTYoR
Neapol. «San-Paolo» stadioni. 22:45 (Match! Futbol 2 – 00.30).
MANCheSTeR SITI – FeYYeNOORD
Manchester. «Etihad Stedium». 22.45 (Match! Nash sport – 00.30).
A Seriya yetakchisi «Napoli» («Inter» 2 ochkoga ortda qoldirilmoqda) endi xato qilishga haqli emas. To‘rtinchi turda «Manchester Siti»ga mag‘lubiyatdan (2:4) neapolitanliklar jamoasi uchun YeChLdagi oxirgi 24 o‘yindagi uchinchi mag‘lubiyat edi (qolgan o‘yinlarda 16 g‘alaba va 6 durang).

«Shaxtyor» ayni vaqtda «Napoli»ni 6 ochkoga ortda qoldirmoqda, ammo o‘zaro o‘yindagi g‘alaba (yirikroq) va oxirgi turda «Manchester Siti» «Shaxtyor»ni safarda yengishi vaziyatni butunlay o‘zgartirishi mumkin. Bugun «San Paolo»da hayot-mamot kurashi kechadi.

G‘olib barchasiga ega bo‘ladi

E guruhi
SPARTAK – MARIBOR
Bugun. Moskva. «Otkrytiye Arena» stadioni. 20:00. (Match TV. 22:00)
SeVILYa – LIVeRPUL
Bugun. Sevilya. «Ramon Sanches Pisxuan» stadioni. 22.45 (Match TV – 00.40).
Bu guruhda ham nisbatan teng kuchli jamoalar yig‘ilgan. Uchta jamoa bir-biridan uzoq masofada emas. Uchinchi o‘rindagi «Spartak» agar keyingi 2 turda g‘alabaga erishsa, guruhdan chiqadi. Agar bu o‘yinlarda 4 ochko jamg‘arilsa («Maribor» ustidan g‘alaba va «Liverpul»ga qarshi o‘yinda 2:2 hisobidagi durang), shuningdek, «Sevilya» «Liverpul»ni yengsa, moskvaliklar jamoasi inglizlardan o‘zib ketadi (o‘zaro o‘yinlarda safarda ko‘proq gol urilgani evaziga).
Bu turda kim g‘alaba qozonsa, Ye guruhidan chiqadi.

Angliyaliklarda hozirda hammasi joyida, jamoa yaxshi seriya qayd etmoqda – oxirgi 10 o‘yinda 6 g‘alaba, 3 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etildi. Sevilyada kuchli tarkib hosil bo‘lgan va bu futbolchilar 90 daqiqa davomida «Liverpul»ni bosim ostida ushlab turishi mumkin. Jamoalarning avvalgi o‘yinida ham inglizlar ustunlik qilgan, darvozalarga zarba berish borasida 3,5 marta ko‘proq (24ga qarshi 7), ammo o‘yinda durang hisob qayd etilgandi - 2:2.
Eduardo Berisso shogirdlari bugun «Ramon Sanches Pisxuan»da g‘alaba qozonsa, birinchi o‘ringa ko‘tariladi.

Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi
21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
18:18 / 09.05.2025