Jamiyat | 07:40 / 24.11.2017
16862
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada meteor tushishi odamlarni vahimaga soldi (video)

Yaponiyada tungi osmonni bir necha soniyalarga yoritib, aholini vahimaga solgan meteor tushishi qayd qilindi. Bu haqda Japan Times nashri xabar bermoqda. 

Nashrning ma'lum qilishicha, voqea 22 noyabrda tongga yaqin yuz bergan. Meteorning tushishi kuzatuv kameralari va avtomobil registratorlari tomondan qayd qilingan. Meteor atmosferada to‘liq yonib ketishga ulgurgan.

Saytamo prefekturasi politsiyasida meteor tushgandan keyin “osmonda ko‘k rangdagi chaqnoq kuzatilgani” haqida bir necha qo‘ng‘iroq kelib tushgani aytilgan.

Mutaxassislarning fikricha, meteor oktabr-noyabr oylarida kuzatiluvchi davrida meteor oqimining bir bo‘lagi bo‘lishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid