Jahon | 12:32 / 24.11.2017
9842
1 daqiqa o‘qiladi

Bir yil o‘tib Jalolobod shahriga yangi mer saylandi

Foto: KirTAG

Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod shahar deputatlari Kengashi va nihoyat shahar meri kim bo‘lishini aniqlab olishdi. Payshanba kuni o‘tkazilgan sessiyada yangragan e'longa ko‘ra, Salaydin Avazov shahar meriyasini boshqaradi.

24.kg nashrining yozishicha, «Iygilik» koalitsiyasi nomidan nomzodi ilgari surilgan Avazov raqobatchisi Mayrambek Adilbekovdan ustun kelgan. Mazkur sessiyada 31 nafar deputat ishtirok etdi.

Yig‘ilish so‘ngiga qadar, Mayrambek Adilbekov o‘z xohishiga ko‘ra, nomzodini qaytarib olishga qaror qilgan. Shunday qilib, Salaydin Avazovni qo‘llab 30 nafar deputat ovoz berdi, deyiladi xabar matnida.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yil dekabr oxirida shahar merini saylash jarayoni muvaffaqiyatsiz yakunlangandi. Shundan so‘ng, uchta yirik siyosiy partiya koalitsiya tashkil qilib, mandat asosida ish ko‘rib kelgan.

Mavzuga oid