Sport | 15:35 / 25.11.2017
51387
1 daqiqa o‘qiladi

Bokschi jang vaqtidagi nokaut tufayli vafot etdi

Foto: Boxing Scene

Salvadorlik bokschi Frantsisko Ruis hamyurti Rikardo Kortes bilan o‘tkazilgan jang davomida olgan jarohati tufayli hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar bermoqda Boxing Scene.

Ta'kidlanishicha, Ruis jangning sakkizinchi raundida ringga yiqilgan va nokaut tufayli boshi bilan yomon tushgan, shundan so‘ng hushidan ketgan. Sportchining bosh miyasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi, biroq tiklanish uchun imkoniyat deyarli bo‘lmagani aytilmoqda.

Salvadorlikning qarindoshlari Ruisni hayotni ushlab turish qurilmalaridan yechib qo‘yish haqida qaror qabul qilishgan.

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) sportchining dafn marosimi bo‘yicha barcha xarajatlarni o‘z bo‘yniga oldi.

Mavzuga oid