Fan-texnika | 12:52 / 26.11.2017
26909
7 daqiqa o‘qiladi

Samsung o‘zining Galaxy smartfonlarini qanday reklama qildi?

Bugungi kunda bozorga biror yangi mahsulotni taklif qilish va unga xaridorlarni jalb etishda marketing faoliyati qanchalik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani muhim ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra, Janubiy Koreyaning yetakchi Samsung kompaniyasining bu boradagi tajribasini o‘rganish foydadan xoli emas. 

U o‘zining Galaxy nomli telefonini 2009 yili ishlab chiqdi. Galaxy i7500 reklamasi va Android Market (hozirgi Google Play) ilovalari o‘ziga xos edi. Smartfon shaklidagi fazoviy kema robot-android boshqaruvida yangi sayyoralarni kashf qilib sayohat qilar edi. U «Tarjimon sayyorasi», «Xaritalar sayyorasi»ni kashf qilgach, «O‘yinlar sayyorasi» va boshqa ilova «sayyora»larga o‘tar edi. Telefon egasi bundan hayron edi. 

Yana bir reklamada smartfondan tashqari iMac ham ko‘zga tashlanadi. Reklamaning "Do the New" shiori undan boshqa hech qayerda qo‘llanilmadi. 

2010 yili Galaxy S sotuvga chiqdi. Bu vaqtga kelib, «aqlli» telefon hech kim uchun yangilik bo‘lmagani sababli, kompaniya qurilmaning yangi funksiyalariga e'tibor qaratdi. Leo Burnett New York agentligining Samsung uchun ishlagan Epic reklama roligida AMOLED texnologiyasi yoritildi. Videoda ajdarlar bilan urushayotgan jangchilar aks ettirildi. 

Yana bir rolikda Galaxy S xaridorlari boshqalardan ajralib turishi ta'kidlandi. Galaxy S haqidagi bir necha reklama roliklari "Turn on Tomorrow" («Kelajakni ishga tushiring») umumiy shiori bilan ishlab chiqilgandi. 

Navbatdaagi Samsung Galaxy S II smartfonini xarid qilishni targ‘ib qiluvchi reklama "The Way We're Wired" («Bizni o‘zaro bog‘laydigan yo‘l») deb nomlangan edi. U avvalgilaridan sezilarli farq qildi. Uni Leo Burnett Chicago agentligi ishlab chiqdi. Reklama nafaqat smartfon, balki dunyo ham qanchalik o‘zgarganini namoyish etdi. Ayni shu konsepsiya Samsung tomonidan 2017 yilgi "The New Normal" reklamasida ham qo‘llanildi. 

2011 yildan kompaniya o‘zining asosiy raqibi Apple korporatsiyasini mazax qila boshlaydi. Unda Apple Store do‘konlarida navbatda turgan iPhone muxlislari Galaxy tomon o‘tib ketgani uqdiriladi. Bu kabi ilk rolik Samsung tomonidan amalga oshirilgan "The Next Big Thing" keng qamrovli aksiyasida namoyish etildi.

2012 yilda Galaxy S3 taqdim etildi. Reklama tashviqotining yo‘nalishi avvalgilaridan unchalik ham farq qilmadi. «Insonlar uchun ishlab chiqilgan va tabiatdan ilhomlangan» shioridagi telefon yaxshi do‘st va ishonchli hamroh sifatida talqin qilindi. Bu safar ham Apple mahsulotini mazax qilmaslikning iloji bo‘lmadi. “The Next Big Thing” roligi Galaxy S3 smartfoni savdolar bo‘yicha iPhone 4S telefonini vaqtincha ortda qoldirishga va dunyoning eng ko‘p sotilgan qurilmasiga aylantirdi. 

2013 yili kompaniya Galaxy S4 uchun o‘nlab reklama roliklarini suratga oldi. "Grad Party" reklamasida do‘stlar telefonni bir-biriga yaqinlashtirgan holda suratlarni uzatishdi. Samsung bu safar ham iPhone egalarini mazax qilishdan bosh torta olmadi. 

2014 yili Samsung Galaxy S5 taqdim etildi. Hamon "The Next Big Thing" kampaniya davom etmoqda edi. Ammo bu safar ham alohida texnologiyalarga e'tibor berildi. Masalan, suv o‘tkazmaslik, barmoq izlari skaneri va yurak urushini o‘lchash kabilar shular jumlasidan. 

Samsung kompaniyasi 72andSunny agentligining "Wall Huggers" nomli Apple mahsulotini kamsitadigan an'anaviy reklama roligida iPhone foydalanuvchilari rozetka oldidan keta olmasligi, Samsung foydalanuvchilari, aksincha, ikkita akkumulyator bo‘lgani uchun bunday tashvishdan yiroqligini namoyish etdi.

Foto: twitter@TheEllenShow

2015 yili martida "The Next Big Thing" kampaniyasi rahbari va Samsung kompaniyasining marketing bo‘yicha direktori Todd Pendlton lavozimini tark etdi. Shundan so‘ng, marketing siyosati sezilarli o‘zgardi. 

2015 yili Galaxy S6 taqdim etilganidan so‘ng, Samsung Launching People tashviqotini ishga tushirdi. Kompaniya dunyodagi ilk VR ilovani namoyish etdi.

2016 yil kompaniya uchun sinov yili bo‘ldi. Samsung Galaxy Note 7 smartfoni dunyoning aksar aviakompaniyalari tomonidan taqiqlangan yagona telefon hisoblanadi. Qurilmaning ommaviy yonishi oqibatida kompaniya 2,5 mln dona Galaxy Note 7 telefonini qaytarib oldi va ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Ammo bu brendga nisbatan salbiy fikr uyg‘onishiga sabab bo‘lmadi. 

Samsung Electronic kompaniyasining marketing bo‘yicha katta direktori Pio Shunkerning fikricha, avvallari kompaniyaning butun dunyodagi ilgari surishga arziydigan o‘z falsafasi bo‘lmagan. Yangi reklama tashviqotida axborot berish ikkinchi sahnaga ko‘chirildi, asosiy e'tibor brend nomini qabul qilishga qaratildi. Shu sababli #DoWhatYouCant xeshtegi paydo bo‘ldi.

"The New Normal" roligida Samsung zamonaviy avlod mavzusini davom ettiradi. Qo‘shimcha vi virtual reallik, tegmasdan to‘lovlarni amalga oshirish, ko‘zni skanerlash oddiy holdir. 

"Breaking Out" nomli yana bir televizion reklamada romlarsiz ishlab chiqilgan yangi Galaxy S8 smartfoni namoyish etildi. U to‘siqlarni ortda qoldirish falsafasini targ‘ib qiladi. 

2017 yil aprelida Samsung ulkan Galaxy S8 telefonlarini Buyuk Britaniyaning 20 ta diqqatga sazovor joyiga o‘rnatdi. Bilbordlarni qayerga joylashtirishni aniqlash maqsadida 2 500 britaniyalik orasida so‘rov ham o‘tkazdi. Kompaniya 2016 yilda Moskvada Yevropadagi eng yirik 80 metrlik Galaxy S7 ko‘rinishidagi bilbordni o‘rnatdi. 

Mavzuga oid