Fan-texnika | 19:00 / 28.03.2025
9752
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi

Galaxy A modellari ajoyib AI, yaxshilangan kamera va ishonchli chidamliligi bilan ajralib turadi.

Foto: Samsung

Samsung Electronics Co., Ltd. yangi Galaxy A modellarini taqdim etdi: Galaxy A56 5G, Galaxy A36 5G va Galaxy A26 5G. Galaxy A modellari innovatsion AI funksiyalarini, jumladan, ijodkorlikning yangicha qirralarini kashf etuvchi, foydalanuvchilar qalbidan joy olgan AI qulayliklarini taqdim etadi. Bundan tashqari, qurilmalar yuqori ishonchlilik va chidamlilikni, shuningdek, qurilmalardan xavfsiz va uzoq muddat foydalanishni kafolatlaydigan xavfsizlik va maxfiylik imkoniyatlarini ta’minlaydi.

Yangi Galaxy A modellari “Hamma uchun AI” missiyamizni amalga oshirishda muhim qadamdir, chunki u Galaxy mobile AI’ning ajoyib imkoniyatlarini butun dunyo bo‘ylab yanada ko‘proq odamlarga taqdim etadi” — dedi Samsung Electronics kompaniyasi prezidenti va mobil texnologiyalar bo‘limi rahbari TM Ro, — “Ushbu ajoyib yangi funksiyalar va imkoniyatlar bilan biz xavfsiz, ishonchli va jozibador mobil qulayliklarni taqdim etgan holda Galaxy A modellarining cheksiz ijodiy salohiyatini ochib berishdan xursandmiz”.

Murakkab qidiruv va ijodkorlik uchun ajoyib AI

Awesome Intelligence — bu Galaxy A56 5G, Galaxy A36 5G va Galaxy A26 5G qurilmalari uchun maxsus chiqarilgan birinchi murakkab mobil AI bo‘lib, u foydalanuvchilarga kuchli, jozibali va qulay AI imkoniyatlarini taqdim etadi. One UI 7 dagi yangi Awesome Intelligence funksiyalari esa Galaxy A foydalanuvchilariga ajoyib qidiruv va vizualizatsiya imkoniyatlarini beradi.

Yaxshilangan Google orqali “Aylana chizib qidirish” telefon ekrani yordamida izlashni endi yanada osonlashtiradi. Oxirgi yangilanishlar esa qidiruv funksiyasini tezkor va kontekstli qiladi, ya’ni ekranda telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va URL manzillari avtomatik aniqlanib, foydalanuvchilarga bir martagina bosish orqali tegishli amallarni bir zumda bajarishga yordam beradi. Shuningdek, yangilanishlar ichida “Musiqa izlash” funksiyasi ham bor. Bu sizga yaqin atrofdan yoki qurilmangizdan chiqayotgan ovoz yoki hatto xirgoyi qilganingizda ham musiqani aniqlash imkonini beradi. Ko‘p tillarni qo‘llab-quvvatlaydigan ushbu musiqani qidirish funksiyasi jarayonni ancha osonlashtiradi. Foydalanuvchilar endi musiqa nomi nihoyat xayoliga kelib qolishini kutib o‘tirishlari shart emas.

Galaxy A modellari barcha qurilmalarda 50 megapikselli kuchli uchta kamerali tizimga hamda yorqin va tiniq selfi uchun Galaxy A56 5G va Galaxy A36 5G smartfonlari 10 bitli HDR old kameralariga ega ijodkorlarga mo‘ljallangan vositalar yordamida kamera imkoniyatlarini keyingi bosqichga olib chiqadi. Galaxy A56 5G 12 megapikselli ultra keng obektivli ilg‘or kameraga ega va butun Galaxy A modellari aqlli vizual tahrirlash orqali ijodkorlikni yangicha va qiziqarli imkoniyatlar bilan boyitadi.

Galaxy A56 5G uchun maxsus chiqarilgan “Eng yaxshi yuz” funksiyasi harakatlanuvchi suratda besh kishigacha eng yaxshi yuz ifodalarini tanlab, birlashtirib, jamoaviy suratga tushishni endi yanada osonlashtiradi. Kimningdir ko‘zlari yumilib qolgan yoki boshqa tomonga qarab qolgan bo‘ladimi, “Eng yaxshi yuz” bir marta suratga olishda hammaning eng yaxshi ko‘rinishini ta’minlaydi. Galaxy A56 5G “Tungi rejim” yordamida yaxshilangan tungi tasvirlarni ham taqdim etadi: 12 megapikselli selfi kamerasi shovqinni kamaytiradigan rejimda ishlaydi. Qo‘shimcha keng burchakli kamera esa yaxshi yoritilmagan sharoitlarda kontentni ajoyib ko‘rinishda suratga olish imkonini beradi.

Galaxy A56 5G, Galaxy A36 5G va Galaxy A26 5G – takomillashtirilgan smartfondir, “Obektlarni o‘chirish” funksiyasi foydalanuvchilarga fotosuratlardan keraksiz va chalg‘ituvchi narsalarni olib tashlash imkonini beradi. Bu bexosdan kadrga tushib qolgan piyoda bo‘ladimi yoki chalg‘ituvchi soyalar bo‘ladimi, foydalanuvchilar ularni qo‘lda yoki avtomatik olib tashlay oladi. Bu bilan bir necha marta bosish orqali yanada toza va yakuniy tasvirga erishish imkonini beradi. Bundan tashqari, “Filtrlar” funksiyasi mavjud fotosuratlardan ranglar va stillarni ajratib olish orqali shaxsiy filtrlar yaratish mumkin. Shunda foydalanuvchilar kayfiyat va didga qarab noyob va moslashtirilgan effektga erishishda ulardan foydalanishlari mumkin. Ushbu aqlli vositalar yordamida foydalanuvchilar hech qanday qiyinchiliklarsiz fotosuratlarining sifatini yaxshilaydi va har bir suratga ijodkorlikning yangi bo‘yog‘ini qo‘shadi.

Chidamli korpus, yaxshilangan displey va bardoshli dasturiy ta’minot

Olti avlod Android OS va One UI yangilanishlari hamda olti yillik xavfsizlik yangilanishlari bilan Galaxy A modellarida dasturiy ta’minotning ishlash muddati yanada uzaytiriladi. Ushbu yangilanishlar qurilmaning ishlash muddatini optimallashtirish uchun qo‘shimcha yordam beradi va foydalanuvchilarga uzoq yillar davomida muammosiz va ishonchli xizmat qilishini ta’minlaydi.

Galaxy A56 5G va Galaxy A36 5G immersiv tomosha taassuroti uchun mo‘ljallangan kattaroq displeyga ega. Ikkala qurilmada ham jonli va ta’sirchan o‘yin-kulgi imkoniyatlari uchun 6.7 dyuymli FHD+ Super AMOLED displeyi 1200 nitsgacha yorqinlik bilan jihozlangan. Yangi stereo karnaylar keng va muvozanatli ovoz bilan audioni yanada yaxshilaydi.

Yangi Galaxy A seriyasi turli ranglarda taqdim etilgan. Galaxy A56 5G va A36 5G modellari och kulrang, grafit va zaytun ranglarida, Galaxy A26 5G esa qora, oq va yalpiz ranglarida mavjud.

Galaxy A56 5G, Galaxy A36 5G, Galaxy A26 5G va boshqa Galaxy smartfonlari haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun samsung.uz saytiga, Instagram va Telegram sahifalariga tashrif buyuring.

Reklama huquqi asosida

2.jpg
3.jpg
4.jpg

Mavzuga oid