Jamiyat | 10:50 / 28.11.2017
22847
4 daqiqa o‘qiladi

Germaniyaning 72 tonna olmosdan iborat Nyordlingen shaharchasi qanday paydo bo‘lgan?

Foto: Getty Images

Germaniya janubida uncha katta bo‘lmagan Nyordlingen shaharchasi bor. Undagi ko‘plab binolar tarkibida olmos zarralari bor. Bu qimmatbaho tosh zarralari meteoritning kuchli zarbasidan so‘ng paydo bo‘lgan. Garchi mahalliy aholi Nyordlingenga asos solinishi tarixiga ko‘nikib qolgan bo‘lsalar-da, shaharcha mehmonlari va olimlar uchun bu kabi shaharning paydo bo‘lish tarixi juda ham qiziq va o‘ziga xosdir. 

Taxminan 15 mln yillar avval Nyordlingen hududiga meteorit qulagan. Uning diametr 1 km.ni tashkil etgan. Vazni esa, mahalliy geolog Gizel Pyogesning aytishicha, 3 mlrd tonnaga yetgan. U Yerga urilgan vaqtda Hirosimaga tashlangan atom bombasidan 250 tasi tashlangan energiya ishlab chiqilgan. Yuqori harorat va kuchli bosim natijasida tog‘ tuprog‘idagi uglerod olmos zarralariga aylangan. 

Meteorit kelib urilgan joyda 25 kilometrlik krater paydo bo‘lgan. Aynan shu yerda 9-asrda Nyordlingenga asos solingan. Himoya devorlari, bino va inshootlar qurish uchun qurilish materiallari mahalliy tog‘ tuprog‘idan olingan. Impakt brekchiya deb nomlanuvchi tuproq turi meteoritlar qulaganida paydo bo‘ladi. Albatta, ko‘plab mayda olmoslardan iborat toshlardan binolar qurayotganlarini o‘sha vaqtdagi ishchilar xayollariga ham keltirishmagan. Chunki bu zarralarni oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. 

Nyordlingen chegaralaridagi tog‘ tuprog‘i meteorit zarbasidan keyin shakllangan. Foto: Getty Images

Nyordlingen o‘rta asrlarda barpo etilganiga qaramay, uning landshaftining kelib chiqish sabablari 20-asr o‘rtalarigacha noma'lum edi. Shahar aholisi aholi punkti vulqon kraterida paydo bo‘lgan deb hisoblardi. Bu nazariyani maktablarda va universitetlarda ham ta'lim berishgan. 1960 yillarning o‘rtalarida amerikalik ikki geolog tadqiqot o‘tkazib, Nyordlingenning asosiy qismi meteoritdan keyin hosil bo‘lgan kraterda joylashganini aniqladi. Shundan so‘ng, mahalliy hukumat darsliklarni qayta nashr qilishga majbur bo‘ldi.
 
Olimlar 10 yil o‘tgach, shahar binolarining qadimgi inshootlari umumiy hisobda 72 tonna olmosga egaligini aytishdi. Biroq shaharning 20 ming kishilik aholisi olmos binolarga befarqlik bilan yondashdi. Aytish mumkinki, bu mahalliy aholi uchun qandaydir xafaxonlik uchun asos bo‘ldi. 1970 yillarda shaharga NASA olimlari va fazogirlari kelishdi. Ular «Apollon-14» dasturi doirasida Oyga qo‘nishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida krater hamda shu yerdagi tuproqni o‘rganishdi. 

Foto Andreasa Prafeka

Bir necha yil o‘tgach, Nyordlingenga yana amerikaliklar tashrif buyurdi. Bu safar «Apollon-17» ekspeditsiyasi a'zolari kelishdi. Fazoni o‘rganishga hissa qo‘shgani uchun NASA mahalliy muzeyga Oydan keltirilgan tuproq namunasini topshirishdi. 

Sayyohlar va shaharning boshqa mehmonlari Nyordlingenning qadimgi binolari Quyosh nurida jilolanishidan zavqlanishadi. Bu binolar hatto tungi vaqtda ham ajralib turadi. Mutaxassislarning qayd etishlaricha, «olmos»li tog‘ tuprog‘iga Berlin va Myunxendagi ayrim binolarda ham duch kelish mumkin. Biroq Nyordlingendagi kabi tarkibida juda ko‘plab olmos bo‘lgan tuproq boshqa hech qayerda uchramaydi. 

Mavzuga oid