Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik shaxmatchilar Tailanddagi xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi
Tailandda havaskor shaxmat bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining xabar berishicha, Asian Amateur Chess Championship 2017 musobaqasida O‘zbekiston vakillari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Xususan, toshkentlik shaxmatchi va murabbiy Baxtiyor Jumayev hamda Zaynura Abrorova (yosh shaxmatchilar o‘rtasida) g‘alabani qo‘lga kiritdi.
«Mustahkam sog‘liq, shaxmatda yangi yutuqlar, omad tilaymiz!» - deyiladi shaxmat federatsiyasi tabrigida.
Tailandda standart shaxmat bo‘yicha musobaqa 2017 yilning 24-29 noyabr kunlari, 9 turlik shveysarcha tizimda bo‘lib o‘tdi. Unda Osiyoning 23 davlatidan kelgan 95 nafar havaskor shaxmatchi ishtirok etdi.
Mavzuga oid
23:57 / 02.05.2025
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
19:45 / 28.04.2025
Tailandga boradiganlar uchun yangi talab joriy etildi
17:41 / 25.04.2025
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
20:02 / 18.04.2025