Sport | 15:40 / 01.12.2017
24092
1 daqiqa o‘qiladi

Anvar Boynazarov Nyu-Yorkda ringga ko‘tariladi

Aralash yakkakurash jang san'atlari ustasi Anvar Boynazarov (2-2-0) shu yilning 1 dekabr kuni AQShning Nyu-York shahrida “GLORY” chempionlik kamari uchun ringga chiqadi. Bu haqda havaskor va professional Kikboksing federatsiyasi KUN.UZ’ga ma'lum qildi.

Muay tay bo‘yicha 2 karra jahon chempioni Boynazarov amerikalik Kevin van Nostrandga (4-1-0) qarshi ringga ko‘tariladi. Boynazarov 4 jangidan 1 tasini nokaut bilan yakunlagan bo‘lsa, uning raqibi 5 jangidan 2 tasini muddatidan avval tugatishga muvaffaq bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik sportchi 28 oktabr kuni Fransiyaning Lion shahrida o‘tkazilgan «GLORY 47» musobaqasida finalgacha yetib kelgan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid