Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Qolmig‘istonga kikbokschi Batu Xasikovni rahbar etib tayinladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qolmig‘istonning o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ketgan rahbari Aleksey Orlov o‘rniga uning vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib Batu Xasikovni tayinladi.
E'tiborlisi, Xasikov kikboksing bo‘yicha jahon chempioni hisoblanadi. U o‘zining yuqori lavozimga tayinlangani haqidagi ma'lumotni katta ishtiyoq bilan qabul qilgan. “Men Rossiya prezidenti va yetakchimiz Vladimir Vladimirovich Putinga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildiraman. Yurtdoshlarim va Qolmig‘iston aholisining ishonchi va qo‘llab-quvvatloviga umid qilaman. O‘zimni ishga to‘liq baxshida etishga tayyorman. Ertadan ishni qabul qilaman”, deb aytgan Xasikov.
“Batu Xasikov – kikboksing bo‘yicha jahon chempioni Qolmig‘istonning vaqtinchalik rahbari etib tayinlandi. Uning do‘stona taxallusi “Botiy xon”. VVda [Vladimir Vladimirovich] yumor bilan barchasi joyida”, deb kinoyali izoh bergan ushbu tayinlovga “Exo Moskvi” rahbari Aleksey Venediktov.
Xasikov 1980 yilda Moskvada tug‘ilgan, biroq Qolmig‘istonning Lagan shahrida ulg‘aygan. 11 yoshidan karate-kyokusinkay bilan shug‘ullangan, keyinchalik o‘z kuchini qo‘l jangi, jangovar sambo, jiu-jitsu, tay boksda sinab ko‘rgan. 2005 yildan muntazam asosda kikboksing musobaqalarida ishtirok eta boshlagan.
Xasikov 2005-2010 yillar davomida kikboksing bo‘yicha Rossiyaning uch karra chempioni, Yevropa chempioni, 5 ta yetakchi kikboksing tashkilotidan uchtasida chempion bo‘lgan.
U kikboksing bilan shug‘ullanish bilan parallel ravishda militsiyada xizmat qilgan. Katta leytenant unvoniga ega.
Xasikov yangi tayinlovgacha yoshlar ishlari bo‘yicha federal agentlik rahbari maslahatchisi bo‘lib ishlab kelgan.
Mavzuga oid
15:51 / 21.03.2020
Tailanddagi kikboksing jangi koronavirus infeksiyasining ommaviy tarqalishiga sabab bo‘ldi
17:32 / 20.11.2019
Hijobda janglarga tushgan yakkakurashchi qiz jangdan keyin vafot etdi
14:20 / 18.12.2017
Qanday qilib avtomobil yuvuvchi o‘zbek yigiti kikboksing yulduziga aylandi?
18:56 / 15.12.2017