Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tirbandliklardan charchagan xitoylik yo‘ldagi belgilarni o‘z xohishicha o‘zgartirdi
Xitoyning sharqida yashovchi erkak yo‘l ustida chizilgan belgilarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirgani uchun 1000 yuanlik (150 dollarga) jarimaga tortildi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bermoqda.
Kuzatuv kamerasida qayd qilinishicha, erkak yo‘ldagi chapga burilish belgisini shunday tarzda o‘zgartirganki, u to‘g‘riga va chapga yurishga ruxsat beruvchi ko‘rinishga kelgan. Keyinroq qoidabuzarning o‘zi bu qilmishini uch polosali yo‘lda to‘g‘riga yurishga ruxsat beruvchi 2 ta polosa kamlik qilishi, shu sababli chorrahada muntazam tirbandlik hosil bo‘lishi bilan tushuntirgan.
Erkakning aytishicha, avtomobillarga to‘g‘riga yurishga ruxsat beruvchi polosalar hamisha tirband bo‘lgan vaqtda, chapga burilishga ruxsat beruvchi 3-polosa deyarli har doim bo‘sh bo‘lgan. Ayni vaqtda yo‘l belgilari dastlabki holatiga qaytarilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025