Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Poroshenkoni davlat dushmani deb atadi
Odessa viloyatining sobiq gubernatori va “Yangi kuchlar ruxi” partiyasi yetakchisi Mixail Saakashvili Ukraina fuqarolarini mamlakatdagi oligarxlar diktaturasini ag‘darib, uning o‘rniga “o‘rta sinf diktaturasini” o‘rnatishga chaqirdi.
“Yana 25 yil kutib o‘tirmay, oligarxlar diktaturasini ag‘darishni va uning o‘rniga o‘rta sinf diktaturasini o‘rnatishni taklif qilaman”, deb aytgan Saakashvili Kiyevda o‘tgan “Impichment uchun marsh” mitingida.
Saakashvilining ta'kidlashicha, Ukrainada oligarxlar hokimiyati eng katta muammo hisoblanadi. Uning fikricha, aynan shu hokimiyat korrupsiya sababi hisoblanadi. Saakashvili shuningdek Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoni ham oligarx deb atadi va shu sababli u davlat dushmani hisoblanishini aytdi.
Ma'lum qilinishicha, namoyishga Saakashvilining bir necha ming tarafdori chiqqan. Ular Kiyev ko‘chalari bo‘ylab prezidentga qarshi shiorlarni hayqirgancha o‘tishgan.
Mavzuga oid
20:46 / 15.04.2025
Poroshenko Zelenskiy ofisini uzurpatsiyada aybladi
16:13 / 17.03.2025
Saakashvili yana 4,5 yillik qamoq jazosini oldi
12:30 / 12.03.2025
Saakashviliga 9 yil qamoq jazosi berildi
16:11 / 09.03.2025