Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘FF «Bunyodkor» stadionidagi holat yuzasidan bayonot berdi
4 dekabr kuni Toshkent shahridagi «Bunyodkor» stadionida «Bunyodkor» va «Lokomotiv» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kubogi finali yakunlangach, stadionda tartibsizlik kelib chiqdi. O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi saytida ushbu o‘yindagi voqealar bo‘yicha bayonot berildi.
«Uchrashuv paytida 34 ming muxlisga mo‘ljallangan «Bunyodkor» stadioni ishqibozlar bilan to‘lib-toshdi. Bu holat yurtimizda o‘zbek futboliga muxlislar tomonidan bo‘lgan qiziqishning yana oshayotganidan darak beradi.
Ilk bora O‘zbekiston Kubogi finali oldidan o‘ziga xos shou uyushtirilib, stadionga yig‘ilgan muxlislar uchun O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan haqiqiy bayram tashkil etildi.
Shou-dasturda o‘zbek estradasining taniqli vakillari – Shahzoda, Rayhon, «Ummon», «Benom», Shahriyor, Ruxshona kabi estrada yulduzlarining ishtiroki uchrashuv oldidan muxlislarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi. O‘z o‘rnida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi shou dasturini tashkil etishda ko‘rsatgan amaliy yordami uchun O‘zbekiston Madaniyat vazirligiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Shu yilning 25 noyabr kuni Yaponiyaning Saytama shahrida OChL finali bo‘lib o‘tgan va bu final uchrashuvini PFL bosh direktori Omon G‘ofurov bevosita stadiondan kuzatib borgan edi. Omon G‘ofurov OChL finali kabi nufuzli musobaqalarni tashkil etish tajribasini o‘rganib, bu tajribani yurtimizda ham qo‘llash maqsadida O‘zbekiston Kubogi finalini katta shou tariqasida o‘tkazishga qaror qilindi.
Muxlislarni stadionda xursand qilish maqsadida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan koptok va sharflar sovg‘a tariqasida tarqatildi. Muxlislarning emotsiyalarga berilib, o‘yin yakuniga yetganidan so‘ng «Lokomotiv» klubi futbolchilarini tabriklash maqsadida maydonga chiqib ketishi kabi vaziyatlar futboli rivojlangan davlatlarda ham uchrab turadigan holat hisoblanadi.
Final uchrashuvini OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bevosita stadiondan kuzatib bordi. OFK Prezidenti murosasiz kechgan final o‘yinidan katta taassurot olganini ta'kidlab, mamlakatimizda muxlislarning futbolga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekanini qayd etib o‘tdi.
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi kelasi mavsumdagi uchrashuvlarni ham ko‘tarinki kayfiyatda, haqiqiy bayram tarzida o‘tkazib, futbol muxlislarini xursand qilish yo‘lidagi sa'y-harakatlarini davom ettiradi.
Muxlislarni esa stadionlarga chorlab qolamiz!», deyilgan bayonotda.
«Lokomotiv» va «Bunyodkor» klublari o‘rtasidagi uchrashuvidan so‘ng muxlislar maydonga yugurib chiqqandi. Ichki ishlar organlari xodimlari fanatlarni to‘qmoqlarni qo‘llagan holda tarqatdi.
Mavzuga oid
08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi
14:00 / 24.02.2025
Ommaviy tartibsizliklarni sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi
09:40 / 26.12.2024
Ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun javobgarlik belgilanadi
08:00 / 09.09.2024